Dalani payhon qilgan qo’ylar voqeasining «qahramoni» hokim o’rinbosari etib tayinlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlab kelgan Akrom Aripov Qarshi tuman hokimiga o’rinbosar bo’ldi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lum qilmoqda.

Aytilishicha, Akrom Aripovning o’rniga boshqarmaga Fayzulla G’ulomov rahbar etib tayinlangan. G’ulomovning ushbu lavozimga tayinlanishi xalq deputatlari viloyat kengashining VI chaqiriq to’rtinchi sessiyasida ma`lum qilingan.

Ta`kidlanishicha, ayni paytga qadar «Qashqadaryo agroservis MTP» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori vazifasida ishlab kelgan Fayzulla G’ulomov viloyat kengashi deputatligidan voz kechib, Agroinspeksiya boshlig’i lavozimini egallagan.

Eslatib o’tamiz, joriy yil boshida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda chiqish qilgan Akrom Aripov Nishon tumanida o’zgalar mulki bo’lgan qo’ylarni Qashqadaryo hokimi topshirig’iga ko’ra so’yib, kam ta`minlangan fuqarolar va ustalarga tarqatayotganini aytgandi. Viloyat hokimligi esa mazkur holatni inkor qilgandi.

Oradan vaqt o’tib, Prokuratura aybdorlar jazolanishini ham ma`lum qilgandi.

Mavzuga doir: Nishon tumanidagi dalani payxon qilgan qo’ylar voqeasi bo’yicha aybdorlar jazolandi

Бўлишинг:

Муҳаррир танлови

Ўзбекистон мхх тизимларида кенг кўламли тозалаш кетмоқда

Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиëев Миллий хавфсизлик хизмати ва унинг айрим раҳбарлари шаънига кескин айбловларни билдирди. (more…)

Чиқиш визаси чиғириқлари

Айни пайтда фақат Ӯзбекистон ва Шимолий Кореяда мавжуд бӯлган чиқиш визаси 2019 йил 1-январдан эътиборан бекор қилинади. Бу  тӯғрисида Ӯзбекистон ҳукумати расман  эълон ...

Энди ўзбекистонда маҳбуслар ҳам сайловларда иштирок этади

Олий Мажлис Сенатининг ўн саккизинчи ялпи мажлисида “Ўзбекистон Республикасининг Сайлов кодексини тасдиқлаш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси қонун сенаторлар томонидан ...


Warning: Missing argument 2 for _x(), called in /home/npzfqf3cbnqn/public_html/mulkdor.com/wp-content/themes/mulkdornew/inc/functions/theme_functions.php on line 1213 and defined in /home/npzfqf3cbnqn/public_html/mulkdor.com/wp-includes/l10n.php on line 399

Notice: Undefined variable: context in /home/npzfqf3cbnqn/public_html/mulkdor.com/wp-includes/l10n.php on line 400